«nogironligi bor kishilar» tegli maqolalar


Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
19 oktabr 2023, 12:30

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 15-oktabrdan parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuningdek, muhtoj aholi murojaatlarini ko‘rib chiqadigan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.

“O‘zidagi qo‘rquvni yengganlar” — eshitishda nuqsoni bor yoshlarning fotoko‘rgazmasidan reportaj
29 mart 2023, 19:23

“O‘zidagi qo‘rquvni yengganlar” — eshitishda nuqsoni bor yoshlarning fotoko‘rgazmasidan reportaj

Toshkent Fotosuratlar uyida eshitishda nuqsoni bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus fotografiya kursi bitiruvchilarining ko‘rgazmasi ochildi. Yosh ijodkorlar fotorassom Husniddin Atodan 1,5 yil mobaynida saboq olgan. Ko‘rgazma 31 martgacha davom etadi.

«Nogironlar uchun sharoit yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz» — Tanzila Narbayeva
23 oktabr 2022, 14:38

«Nogironlar uchun sharoit yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva transport, ovqatlanish shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar muassasalarda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilmaganini tan oldi. «Aslida nogironlar uchun sharoitlar yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz», — dedi u.

«Nogironlarning erkin harakatlanishlari uchun sharoitlar yetarli emas» — Senat ishchi guruhi Xorazmdagi holat haqida
22 oktabr 2022, 10:01

«Nogironlarning erkin harakatlanishlari uchun sharoitlar yetarli emas» — Senat ishchi guruhi Xorazmdagi holat haqida

UrDU kutubxonasida lift ishlamasligi sababli nogiron talaba ikkinchi qavatdagi o‘quv zaliga kira olmagan, brayl yozuvidagi barcha adabiyotlar o‘sha yerda joylashgan. Urganchdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi oldida esa ovozli svetofor va bekatlar yo‘q, avtobuslarga maxsus moslamalar o‘rnatilmagan — Senat ishchi guruhi.

Nogironligi bor shaxslarni ishga olganlarga subsidiya berish xizmati yo‘lga qo‘yildi
13 oktabr 2022, 11:03

Nogironligi bor shaxslarni ishga olganlarga subsidiya berish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan korxona egalariga subsidiya berish imkoniyati yaratildi. Bunda ish beruvchilar har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy BHMning 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishi mumkun.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi
22 aprel 2022, 10:07

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan nogironligi bor kishilarni ishga olgan shaxslarga har bir xodim uchun BHMning1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi. Mazkur tartib budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan amal qilmaydi.

Toshkentda nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi
22 mart 2022, 13:17

Toshkentda nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markaz inklyuziv turizmni rivojlantirish va nogironlarning harakatlanigi uchun sharoit yaratishga ko‘maklashish yo‘nalishlarida ish olib boradi.

Boshqalarning nogironligini ko‘rib, ilhomlanish insoniylikka qanchalik to‘g‘ri keladi?
20 fevral 2022, 12:58

Boshqalarning nogironligini ko‘rib, ilhomlanish insoniylikka qanchalik to‘g‘ri keladi?

«Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov nogironligi bo‘lgan insonlarni boshqalarda shukronalik hissini uyg‘otish maqsadida vosita sifatida ishlatishni qoraladi. «Boshqa insonlarning nogironlik holatini ko‘rib, ilhomlanish qanchalik insoniylik fazilatlarimizga to‘g‘ri keladi?», — deydi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting